Texnologiya fani o’qituvchisi G Bekbenbetova 5-sinf texnologiya fanidan ochiq dars mavzu»Fartukni tikish»

Mavzu Fartukni tikish
Maqsad vavazifalar Darsning maqsadi:O`quvchilarga fartuk tikish bo`yicha bilim-ko`nikma,malakalarini oshirish.

Darsning ta`limiy vazifasi:O`quvchilarga fartukni tikishda o`lchovlarni to`g`ri taqsimlash,chok turlarini tikishni o`rgatish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi:O`quvchilarga tejamkorlik, ishbilarmonlik fazilatlarini shakllantirish.

Darsning rivojlantirish maqsadi:O`quvchilar fartuk tukish bo`yicha olgan bilim,ko`nikma,malakalarini amalda bajara olishi.

 

O`quv jarayonining mazmuni Fartuk tikish jarayonini amaliy, nazariy,ko`rgazmali,texnika vositalari orqali namoyish etish
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Uslub:nazariya va amaliyotning uyg`unligi

Vosita: darslik, elektron resurslar,ko`rgazmalar,tarqatmalar.

Usul:interfaol,guruhlar bilan ishlash.tarqatmalar.

Texnika vositasi:elektron resurslar,slaydar.

Asbob va moslamalar:ish qutichasi,fartukning bichilgan qismlari, to`r,tasma,qaychi,igna,ip,mato, sm lenta, bo`r,dazmol.

Nazorat: Nazariy,savol-javob, og`zaki

Baholash;rag`batlantirish,5 balli tizim.

Kutiladigan natija O`quvchi salqi, ko`klash choklarini tikishini o`rganadi,tikishni mustaqil bajara oladi
Kelgusi rejalar Darsni tahlil qilgandan keyin o`qituvchilar tomonidan xato va kamchiliklar aytiladi.Keyingi darslarda o`zgartirish va qo`shimchalar kiritiladi.

Darsning blok –chizmasi

Darsning bosqichlari Vaqt Usul
1 Tashkiliy qism 3 daq
2 O`tilganlarni takrorlash 7 daq Tarqatma savollar
3 Yangi mavzu bayoni 17 daq Nazariy. amaliy,slayd
4 Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daq Slayd,klaster,aql charxi
5 O`quvchilarni baholash 2daq 5 ballik
6 Uyga vazifa berish 1 daq Ko`rgazmali

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: Salomlashuv, davomatini tekshirish,sinf jurnalini to`ldirish,darsga tayyorgarlik ko`rish.

II.O`tilganlarni mustahkamlash: barcha o`quvchilarning  bajarib kelgan ishlari tekshiriladi, xato va kamchiliklarga tushuncha beriladi.

O`quvchilar 2 guruhga  bo`1ib, guruhlariga nom tayinlaydilar.

1-guruh ‘CHEVAR”

2guruh “ZUKKO’.Guruh sardorlari nomlariga ta`lif beradilar.

Darsning shiori: “ Hunarli kishi xor bo`lmas”

Tarqatma savollar:

1.Bichishga qanday talablar qo`yiladi?

2.Tayyor buyumga qanday talablar qo`yiladi?

3.Gazlamani bichishga qanday talablar qo`yiladi?

4.Nima uchun dazmol bilan namlik issiqlik ishlovi beriladi?

5.Nima uchun fartuk avval ko`klab olinadi?

6.Tikilayotgan fartuk xatosiz chiqishi uchun nimaga e`tibor berish kerak?
7.Fartuk uchun nechta o`lchov olinadi?

8.Bichish oldidan nima uchun gazlamaning bo`ylama ipi,o`ngi aniqlanadi?

III.Yangi mavzu bayoni:

Ko`krakpech qismi yaxlit bo`lgan fartukning ko`krakpech qismining yon tomoni v a bo`yinbog`ini mag`iz(qiya tasma) bilan ishlov berib tikish mumkin. Fartukning etak qismini bukib, qiya tasma, to`r yoki burma bilan bezab tikiladi. Qoplama cho`ntakka ham xuddi shunday ishlov berish kerak.

Asbob va moslamalr:Ish qutichasi, fartukning qismlari, igna,ip, qaychi,tikuv mashinasi.

Igna,qaychi, tikuv mashinasidan foydalaganda  xavfsizlik qoidalariga va sanitariya-gigiyena talablariga  tushuncha beriladi.

Ishni bajarish tartibi: Har bir jarayon o`qituvchi tomonidan amalda ko`rsatiladi.

  1. Fartukning o`rtasiga ko`klab, qaviqqator solish.
  2. Fartukda cho`ntak o`rnini belgilash uchun salqi qaviqqator solish.
  3. Salqi chokning o`rtasini qirqish-cho`ntak o`rnini belgilash.
  4. Belgi va salqi choklarining to`g`riligini tekshirish.
  5. Nazorat chizig`ining aniqlini tekshirish.
  6. Fartuk qirqimlarini avval 0,5 sm keyin 1 sm bukib dazmollanadi va qo`lda ko`klash chokida tikiladi.
  7. Buklovdan 0,1 sm tashlab tikuv mashinasida tikiladi.Ko`klash choki sug`urib olinadi va dazmollanadi.

Fartukning etak qismini tikish:

1.Fartukning etak qismi qirqimining uzunligidan bir yarim baravar ko`proq bezak  lenta yoki to`r kerak bo`ladi.

2.Bezak qismning ikkinchi tomoniga mashinada 4 mm baxya yirikligida mashina choki yuritiladi.

3.Tayyor bo`lgan burma yoki to`rning o`ng tomonini fartuk etak qismining  o`ng tomonining qirqimga qo`yib,avval qo`lda 1 sm chok haqi ko`klab chiqiladi.

4.Ko`klov choklaridan 0,1 sm oraliqda mashinada baxyaqator yuritiladi va ko`klov iplari sug`urib olinadi,chok haqi yo`rmab qo`yiladi.

5.Burma o`ngiga ag`darib to`g`rilanadi va ustidan bezak baxyaqaror tikib chiqiladi.Choklariga namlik-issiqlik ishlovi berildi.

6.Tayyor bo`lgan fartukning  sifati tekshiriladi.

O`quvchilarga topshiriq beriladi va ularning ish jarayoni o`qituvchi tomonidan kuzatiladi.Xato va kamchiliklarni to`g`rilab tushuncha beriladi.

Darsning fanlararo bog`lanishini ko`rib chiqamiz

Vatan tuyg`usi Matematika Adabiyot Informatika
Milliy qadriyatlarimiz,an`analrimizni bilib olamiz O`lchov olish qo`shish, ayrish,kamaytirishlarni o`rganamiz Bichish-tikish jarayonida xalq qo`shiqlarini xirgoyi qilishni o`rganamiz Internet saytlariga kirib mavzu bo`yicha ma`lumot olamiz.
Botanika

O`simliklardan olingan tolalar haqida tushunchaga ega bo`lamiz

Tarix

Kiyimlarning kelib chiqish tarixi va ularning  yoyilshi haqida bilib olamiz.

Tasviriy san`at

Fartukni bezashda ranglar uyg`unligiga e`tibor beramiz.

Musiqa

Ish jarayonida hunarmandchilik qo`shiqlarini xirgoyi qilish.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlsh:

1.Yaxlit bichiqli fartukni tikishda qaysi chok ishlatiladi?

2.Qaychi,igna, tikuv mashinasida ishlaganda qanday xavfsizlik qoidalari bor?

3.Fartukning qaysi qismiga buklov choki, mag`iz yoki burma bilan ishlov berish mumkin?

4.Nima uchun har xil chokdan keyin dazmollanadi?

 

 

 

 

O`quvchilarga manbalardan foydalanib fanga,mavzuga tegishli bo`lgan ma`lumotlar aytib o`tiladi.

O`quvchilarning  mehnat qilish,dam olish, qo`shimcha mashg`ulotlarga boorish huquqlari haqida ko`proq ma`lumotga ega bo`lishlari uchun quyidagilar haqida a`lumot berish.

Bola huqulari to`g`risida Konvensiyaning 31-moddasi,ishtirokchi davlatlar bolaning dam olish va bo`sh vaqtni mazmunli o`tkazish huquqini, o`zining yoshiga mos keladigan o`yinlar va ko`ngilochar tadbirlarda ishtirok etish, madaniy hayotda erkin qatnashish, san`at bilan shug`ullanish huquqini e`tirof etadilar.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi. Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash,adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega.

42 –moddasi. Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.

Axloq-odob saboqlari kitobidan.Buyuk alloma Bahouddin Naqshbandning “Dil va yoru dast ba kor”degan mashhur hikmati bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan.U kishi talabalarni madrasaga qabul qilish paytida biron kasbing bormi deb so`rar ekanlar.Hunarsiz odam o`qishga qabul qilinmagan.Buning sababini Naqshband shunday izohlagan”Agar kishi hunarli bo`lsa,u bilimini haqiqatga bag`ishlaydi,o`z mehnati bilan kun kechiradi.

V.O`quvchilarni baholash:

VI.uyga vazifa:Fartukga oxirgi ishlov berish bo`yicha yo`riqnomalar beriladi.